FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Sentyabr 2023 2025

Kurash va ogʻir atletikachilarimizning Osiyo oʻyinlariga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi

Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoalarimizning mashgʻulotini kuzatish uchun Toshkent viloyatidagi bir qator bazalarga tashrif buyurishdi.

Hozirda “Yangiobod sport bazasi”da kurashchilarimiz yigʻin oʻtkazishmoqda. Milliy sportimiz vakillari boʻlajak Osiyo oʻyinlarida delegatsiyamiz hisobiga koʻplab medallarni taqdim etishni reja qilishgan. Mutasaddilar tashrif davomida ularga yaratilgan sharoitlarni oʻrganib, sportchilar bilan tayyorgarlik boʻyicha suhbat olib borishdi. Shuningdek, mashgʻulot hamda yuklamalardan soʻng tiklanish jarayonida atletlarni vitaminlar bilan taʼminlanishi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yuqori vazn toifalaridagi ogʻir atletikachilarimiz esa ayni kunlarda Saudiya Arabistonida davom etayotgan jahon chempionatiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini Chirchiqda olib borishmoqda. Ular Ar-Riyodga 11-sentyabr kuni joʻnab ketishadi. Rejaga muvofiq, jahon chempionati yakunlangach Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonidan toʻgʻri Xitoyga yoʻl oladi va Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini boshlaydi.

Text to speech