4 Sentyabr 2023 1139

Xivadagi xalqaro etnosport festivaliga marhamat

7-10-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasida Xalqaro etnosport festivali boʻlib oʻtadi. Tadbir davomida oʻzbek milliy madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlari koʻrgazmasi, xalq oʻyinlarini oʻzida jamlagan chiqishlar, bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish, mas-restling va oʻzbek jang sanʼati boʻyicha jahon chempionatlari, belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkaziladi.

Boʻlajak festivalda 1884 nafar ishtirokchi qatnashadi. Bu raqamlarning deyarli yarmi xorijliklarning hissasiga toʻgʻri kelishi unga boʻlgan qiziqish doirasi katta ekanidan dalolat beradi. Boy madaniy merosimizdan bahramand boʻlishni istasangiz, “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga marhabo!

Text to speech