2 Sentyabr 2023 1147

Stol tennischilarimiz Osiyo chempionatiga yo’l olishdi

3-10-sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi tunda Janubiy Koreyaga yo'l oldi. Musobaqa litsenzion harakterga ega bo'lib, unda erkaklar va ayollar o'rtasida jamoaviy, shuningdek, aralash juftlik dasturida g'alaba qozongan davlatlar Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Terma jamoamiz Koreya yarim oroliga quyidagi tarkibda jo'nab ketdi:

Erkaklar:
Zohid Kenjayev
Abdulaziz Anorboyev
Qutbillo Teshaboyev
Shohruh Iskandarov

Ayollar:
Rozalina Xodjayeva
Rimma Molakanova
Mehriniso Norqulova
Marhabo Magdiyeva

Text to speech