“Global tour”ning to‘rtinchi bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqladi
Toshkentdagi “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Global tour” musobaqasining to‘rtinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. 2 kun davom etgan musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan sara chavandozlar bahs olib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 12 bosqichdan iborat. Ushbu bosqichda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan chavandozlarimiz endilikda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropaning boshqa mamlakatlari bo‘ylab xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun yo‘l olishadi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, sportchilarga omad tilab o‘tdi.
“A” kategoriyasi – 130sm
1. B.Kurbanov – “Sir Stenograf” (ot laqabi)
2. O.Sobirjonov – “Mets VG”
3. S.Antonovich – “Kuasar”
“B” kategoriya – 115sm
1. M.Musayev – “Floyd”
2. X.Alimdonov – “Prins Kornet”
3. U.Komilov – “Brend plyus”
“D” kategoriya – 120sm
1. A.Ramzetdinov – “Kvinted G”
2. B.Kurbanov – “Abaja dos’Dorados”
3. O.Sharipov – “Giatris”
“C” kategoriya (bolalar) – 100sm
1. A.Shuxratbekov – “Jekson”
2. M.Mirvoxidov – “Aragon”
3. A.Sharipov Akbar – “Jekson”