25 Avgust 2023 1393

13 yil kutilgan oltin medal yoxud Artur Guliyev jahon chempioni

Yana bir ajoyib xushxabar! Germaniyada oʻtayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida hamyurtimiz Artur Guliyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Kanoechimiz 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi natijani qayd etib chempionlikka erishmoqda. Bu mazkur sportda jahon chempionatlarida 13 yil kutilgan oltin medal. Soʻnggi bor Vadim Menkov 2010-yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

С1 200 m:
1. Artur Guliyev (Oʻzbekiston) – 38.729
2. Xoan Moreno (Ispaniya) – 38.769
3. Oleksii Koliadix (Polsha) – 39.046

Text to speech