25 Avgust 2023 1207

Tongni xushxabar bilan qarshi olamiz: Oʻzbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga ilk yoʻllanmani qoʻlga kiritdi!

Ispaniyaning Valensiya shahrida oʻtayotgan badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatidan ajoyib yangilik. Hamyurtimiz Taxmina Ikromova Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining ilk yoʻllanmasini taqdim qildi.

Yurtdoshimiz koʻpkurash dasturida 4 mashq yakunidan soʻng 124.200 ball bilan 9-oʻrinni egalladi. Ikromova bu bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi 14 talikdan joy oldi. Shuningdek, sportchimiz bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yoʻl oldi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa, mamlakat gimnastika federatsiyasi, sportchimiz va uni tayyorlagan murabbiylarni ushbu natija bilan samimiy qutlaydi!

Text to speech