24 Avgust 2023 957

Inoyat Telmanov jahon chempiontida sovrindor bo'ldi

Zagrebdan navbatdagi xushxabar. Oʻsmirlar oʻrtasida oʻtayotgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida yana bir hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi.

-66 kg vazn toifasida bahs olib borgan Inoyat Telmanov bronza medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan murosasiz bellashuvda gruziyalik Giorgi Dularidzedan ustun keldi.

Eslatib oʻtamiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi ikkinchi medali. Kechagi bellashuvlarda Laziza Haydarova (-44 kg) ham shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

Text to speech