FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Avgust 2023 2171

Germaniyada kun sarhisobi

Duysburgda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatining birinchi kun bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan kanoechimiz Artur Guliyev 200 metrga kechgan bahsda oʻz guruhida birinchi boʻlib A finaliga yoʻl oldi. Shuningdek, Gulbahor Fayziyeva va Nilufar Zokirova juftligi ham ushbu masofada kechgan saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, A finalida ishtirok etadigan boʻldi.

500 metr masofada oʻtkazilgan bahslarda yurtdoshlarimiz toʻgʻridan toʻgʻri A finaliga yoʻl olisholmadi. Fayziyeva/Zokirova dueti, shuningdek, Yekaterina Shubina, Yuliya Borzova, Arina Tanatmisheva hamda Kamila Malaxovadan iborat baydarkachi qizlarimiz kvarteti yarim final orqali medallar uchun kurashni davom ettiradigan boʻlishdi.

Ushbu dasturlardagi barcha poygalar 25-avgust sanasiga belgilangan.

Text to speech