18 Avgust 2023 642

Gimnastika ommaviyligini oshirish yoʻlida turli musobaqalar oʻtkaziladi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda gimnastrada sport turi boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasida “Yorqin yulduzcha” va kattalar oʻrtasida “Grand Prix Uzbekistan” xalqaro turniri, sport gimnastikasi boʻyicha “Duxoba yoʻl” xalqaro turniri, trampolin boʻyicha “Samodan baland” xalqaro turniri, xalqaro gimnastika kuniga bagʻishlab oʻtkaziladigan “Gymnastics Day” butun Oʻzbekiston ommaviy forumi va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Bunda:

2023-yil mart oyida Gimnastrada sport turi boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;

2023-yil 9 – 3-noyabr kunlari Badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasida “Yorqin yulduzcha” turniri;

2023-yil: 20 – 25-noyabr kunlari Sport gimnastikasi boʻyicha “Duxoba yoʻl” xalqaro turniri;

2023-yil: 28 – 30-noyabr kunlari Xalqaro gimnastika kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan “Gymnastics Day” ommaviy forumi;

2023-yil 9 – 3-dekabr kunlari “Grand Prix Uzbekistan” xalqaro turniri;

2023-yil 13 – 17-dekabr kunlari Trampolin boʻyicha “Samodan baland” xalqaro turnirini o’tkazish belgilandi.

Text to speech