18 May 2021 2383

Ravshan Ro‘ziqulovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Ro‘ziqulov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ravshan Ro‘ziqulov 1985 yil 18 may kuni Toshkentda tug‘ilgan. Sportchilik faoliyatida Doxa-2006 Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari sovrindori bo‘lgan va jahon chempionatlarida ham bir necha bor yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. U kishining murabbiylik faoliyati terma jamoamiz tarixida keskin burilish yasadi deb bemalol ayta olamiz. 2019 yilgi jahon chempionati orqali “klassik” kurashchilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga 3 ta yo‘llanma qo‘lga kiritish barobarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etishdi. Mana shunday yuqori natijalar samarasi o‘laroq Ravshan Ro‘ziqulov 2019 yil “Milliy sport mukofoti” tanlovida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ravshan Ro‘ziqulovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech