18 Avgust 2023 949

Bekzod Qurbonov Polshadagi turnirda qatnashadi

18-20-avgust kunlari Polshaning Boborovko shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. CSI 2* tasnifiga kiruvchi mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasining sardori Bekzod Qurbonov ishtirok etadi.

Yurtdoshimiz bellashuvlarda “Matts”, “Ledi” va “Santa Xipik” laqabli tulporlarda oʻz chiqishini namoyish qiladi. Boʻlajak bahslarda chavandozimizga omad tilaymiz.

Text to speech