16 Avgust 2023 851

Merganlarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻq otish sporti boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. 1-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada 101 mamlakatdan 1200 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada Olimpiya dasturlarida Parij-2024 litsenziyalari ham oʻynaladi. Yurtdoshlarimiz hozirda soʻnggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Pnevmatik miltiqdan oʻq otish: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Muxtasar Toxirova;

Pnevatik toʻpponchadan oʻq otish: Muhammad Kamolov, Vladimir Svechnikov, Veniamin Nikitin, Sitora Ergashbayeva.

Text to speech