17 May 2021 2122

O‘zbek boksi fidoyisi Rustam Xolmuhamedov 64 yoshda

Bugun o‘zbek sporti faxriylaridan biri, pedagogika fanlari doktori Rustam Xolmuhamedov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rustam Dekanovich Xolmuhamedov 1957 yil 17 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagach, umrining asosiy qismini ushbu dargohda o‘zbek sporti rivojiga sarfladi. Uzoq yillar ushbu oliy o‘quv yurtida o‘qituvchi, tadqiqotchi, kafedra mudiri, dekan, rektor o‘rinbosari kabi lavozimlarda mehnat qildi. Faoliyati davomida boks sportiga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar va turli qo‘llanmalar yozgan. Pedagogika fanlari doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. Hozirda O‘zDJSTU professori, O‘zbekiston boks federatsiyasining Ilmiy-kompleks guruhi rahbari sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rustam Xolmuhamedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech