13 Avgust 2023 2006

Belarus-2023 Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tarixda qoldi

4-avgust kuni Belarusda start olgan ikkinchi MDH oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Qayd etish oʻrinliki, bu bilan delegatsiyamiz umumiy va oltin medallar soni boʻyicha MDH oʻyinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.

Ochiq formatda oʻtgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari oʻz omadini sinab koʻrishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi Oʻyinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi oʻynaldi. Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrogʻi 2025-yil oʻtkaziladigan uchinchi MDH oʻyinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi. Yakuniy kun dasturida quyidagi hamyurtlarimiz shohsupadan joy olishdi:

Oltin:
Qobuljon Ahmedov (-64 kg, sambo)
Ixtiyor Eshmurodov (-98 kg, sambo)
Nazina Abdullayeva (-45 kg, muay-tay)
Anisjon Hakimov (-57 kg, muay-tay)

Kumush:
Muxlisaxon Qodirberganova (-65 kg, sambo)
Jasmina Immayeva (-53 kg, ayollar kurashi)
Sevinch Toshpoʻlatova (-67 kg, muay-tay)
Zubayr Husanov (-54 kg, muay-tay)
Muxlisbek Gʻanijonov (-67 kg, muay-tay)
Abdulfattoh Aliakbarov (-71 kg, muay-tay)
Alisulton Hojiyev (-84 kg, karate)
Bonu Egamberdiyeva (-68 kg, karate)
Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg, karate)

Bronza:
Voleybol boʻyicha yigitlar terma jamoamiz
Madina Salohiddinova (-80 kg, sambo)
Charos Ozodova (+80 kg, sambo)
Nigina Sobirova (-62 kg, ayollar kurashi)
Feruza Esenbayeva (-68 kg, ayollar kurashi)
Anastasiya Zayseva (-51 kg, muay-tay)
Aziza Maʼmurova (-60 kg, muay-tay)
Davlat Shamsiyev (-60 kg, muay-tay)
Ilyos Gʻulomjonov (-63.5 kg, muay-tay)
Rahmatjon Xodjayev (-75 kg, muay-tay)
Samandar Abdiyev (kata, karate)
Zulxumor Tursunaliyeva (-61 kg, karate)
Iroda Akbarova (-68 kg, karate)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ikkinchi MDH oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan ushbu yuqori natija bilan delegatsiyamiz aʼzolari, sportchi va murabbiylar, millionlab muxlislarimizni samimiy tabriklaydi.

Text to speech