17 May 2021 1949

Tokio-2020 yo‘llanmalarining 70 foizi taqsimlab bo‘lindi

Barchamiz orzuqib kutayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari startiga 67 kun qoldi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining maʼlum qilishicha, ayni paytga kelib litsenziyalarning 70 foizi o‘z egalarini topgan.

Raqamlar bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, hozirda 7800 dan ortiq sportchi Olimpiada ishtirokchilariga aylanib ulgurdi. Hozirgi kunga kelib, reyting va kvalifikatsion turnirlar orqali bir qator sport turlarida o‘ynaladigan yo‘llanmalar o‘z egalarini kutmoqda.

Futbol, sport kurashlari, velosportning shosse va trek, gandbol, chim ustida xokkey, voleybol, qoyaga chiqish, suv polosi, suvga sakrash, ot sporti bo‘yicha yo‘llanmalar taqsimlab bo‘lingan. 5 iyulgacha barcha sport turlari bo‘yicha litsenziyalar to‘liq taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiya o‘yinlariga 41 ta, Paralimpiya o‘yinlariga esa 16 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 23 iyul – 8 avgust, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgust – 5 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Text to speech