FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Avgust 2023 1881

Yengil atletikachilarimiz jahon chempionatiga joʻnab ketishdi

Xabar berib oʻtganimizdek, 19-27-avgust kunlari Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzolari Sharifa Davronova, Yekaterina Voronina, Safina Sadullayeva hamda Anvar Anvarov bugun Vengriyaga yoʻl olishdi. Jamoamizning yana bir aʼzosi Yekaterina Tunguskova esa 14-avgust kuni uchib ketadi. Yurtdoshlarimizning musobaqadagi taqvimini yana bir bor eslatib oʻtamiz:

19-avgust: Yekaterina Voronina (100 metrga toʻsiqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish);
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash, saralash);

20-avgust: Yekaterina Voronina (uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish);

21-avgust: Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash, final);

23-avgust: Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash, saralash);

24-avgust: Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash, final);

25-avgust: Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash, saralash);

26-avgust: Yekaterina Tunguskova (marafon, final);

27-avgust: Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash, final).

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi boʻlajak musobaqada qatnashadigan yurtdoshlarimizga omad tilaydi.

Text to speech