FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Avgust 2023 1197

Budapesht-2023 medallari namoyish qilindi

Yirik musobaqalarning medallari qanday yaratilishini koʻrganmisiz? Yana 10 kundan keyin start oladigan yengil atletika boʻyicha jahon chempionati mezbonlari boʻlajak musobaqa medallarining tayyorlanish jarayoni haqida qiziqarli videorolikni namoyish qildi.

Budapesht dunyo birinchiligiga har tomonlama katta tayyorgarlik koʻrmoqda. Musobaqada oʻynaladigan 49 ta medallar jamlanmasini tayyorlash uchun 3000 soat vaqt, 140 kg turli metall, 450 metr tasma sarflangan.

Eslatib oʻtamiz, 19-27-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 5 nafar sportchi (Safina Sadullayeva, Sharifa Davronova, Yekaterina Voronina, Yekaterina Tunguskova, Anvar Anvarov) bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimizga mana shunday medallardan biri nasib qilsin, deb qolamiz.

Text to speech