17 May 2021 2928

Misha Geni tabriklaymiz!

Bugun figurali uchish bo‘yicha taniqli sportchimiz Misha Ge tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Misha Ge 1991-yil 17-may kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tavallud topgan. Sochi-2014 va Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2017-2018-yil Fransiya Gran-prisi sovrindori bo‘lgan.

Mahoratli sportchimiz Pekin va Gollivud raqs maktablarida tahsil olgani uning faoliyatida xareogafik qobiliyati yuqori bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Shu bois ham uning o‘zi sportchilik faoliyatida amerikalik Olimpiada sovrindori Greysi Gold, rossiyalik jahon chempioni Yelizaveta Tuktamisheva hamda ikki karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori Yevgeniya Medvedeva kabi mahoratli sportchilarga xareografiya yo‘nalishida yordam bergan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Misha Geni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech