8 Avgust 2023 1267

Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida litsenzion hududdagi dzyudochilarimiz yana bittaga koʻpaydi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Vengriyada yakuniga yetgan “Masters” musobaqasidan keyin sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, litsenzion hududdan joy olgan sportchilarimiz bittaga koʻpayib, ularning soni 18 taga yetdi. Musobaqada kuchli yettilikdan joy olgan Jahongir Mamatrahimov (-90 kg) katta oʻsishga erishib, 20-pogʻonaga koʻtarildi. Shuningdek, Muzaffarbek Toʻraboyev Olimpiada reytingining uchinchi oʻrniga yuqoriladi. Batafsil:

-60 kg:
1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 3930 ochko
10. Dilshodbek Baratov – 1930
28. Doston Roʻziyev – 886

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 3300 ochko
21. Muhriddin Tilovov – 1414
26. Sardor Nurillayev – 1167

-73 kg:
1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 3500 ochko
4. Murodjon Yoʻldoshev – 2518
11. Obidxon Noʻmonov – 1914
13. Shahram Ahadov – 1748

-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 4060
3. Davlat Bobonov – 3074 ochko
20. Jahongi Mamatrahimov – 1284

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 3615 ochko
3. Muzaffarbek Toʻraboyev – 3089

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 3710
4. Alisher Yusupov – 2510 ochko
17. Shohruh Baxtiyorov – 1410

Ayollar:
-48 kg:
1. Vakana Koga (Yaponiya) – 3280 ochko
25. Halimajon Qurbonova – 1078

-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 4484 ochko
2. Diyora Keldiyorova – 4184
14. Sita Qadamboyeva – 1296

-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) – 4650
29. Shukurjon Aminova – 910 (qitʼaviy kvota)

-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 4350 ochko
23. Gulnoza Matniyazova – 1075

-78 kg:
1. Inbar Lanir (Isroil) – 5095
30. Irisxon Qurbonboyeva – 689

Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.

Text to speech