FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Avgust 2023 1997

IIHF bilan hamkorlik yangi darajaga chiqmoqda

Toshkentda oʻtkazilgan “Osiyolik yosh xokkeychilar uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻini” loyihasidan soʻng Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF) va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash mavzusiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda IIHF vitse-prezidenti Ayvaz Omarkanov, MOQ raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov va Sherzod Tashmatov mavzuga doir istiqbolli rejalarni muhokama qilishdi.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi Ijrochi direktori Elbek Mahmudov ham ishtirok etdi. Ayvaz Omarkanov 7 kunlik xalqaro yigʻin yuqori saviyada oʻtkazilgani uchun mamlakatimiz hukumati va tashkiliy qoʻmita aʼzolariga minnatdorchilik bildirdi. Xususan, u oʻz nutqi davomida Oʻzbekiston kelgusida nafaqat bu kabi yigʻinlar, balki xalqaro miqyosdagi musobaqalar, turli yosh toifalaridagi qitʼa birinchiliklarini ham aʼlo darajada oʻtkazishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

MOQ mutasaddilari mamlakatimizda nafaqat yozgi, balki qishki sport turlarini ham rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib, poytaxt va turli viloyatlarda buning uchun katta infratuzilma yaratilayotgani haqida gapirib oʻtishdi. Shuningdek, Toshkentning turli yoshdagi Osiyo chempionatlarini oʻtkazish uchun imkoniyati yetarli ekani, bu kabi musobaqalar yurtimizda qishki sport turlari, xususan, xokkeyni yanada keng targʻib qilishga katta yordam berishini taʼkidlashdi.

Suhbat davomida tomonlar tashkilotlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, kelgusida bu kabi yangi yirik loyihalarni oʻtkazish kabi mavzularda fikr almashishdi.

Text to speech