7 Avgust 2023 782

Chendu-2021: Oʻzbekiston delegatsiyasi Universiada oʻyinlarini oʻn toʻrtta medal bilan yakunladi

Bugun Xitoyning Chendu shahrida talaba sporchtilar oʻrtasida XXXI yozgi Universiada oʻyinlari yakuniga yetmoqda. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu medalni sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi. Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida magʻlub boʻlgan yurtdoshlarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan yakunladi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi nufuzli musobaqada shohsupaga koʻtarilgan barcha talaba sportchilarimizni tabriklab, ularga kelgusida ham omad tilaydi.

Text to speech