17 May 2021 2275

Dzyudochilarimiz Osiyo ochiq kubogida 14 ta medal jamg‘arishdi

Qozog‘istonning Olma-ota shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq kubogi o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kuni yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi. Terma jamoamiz bitta oltin medal farqi bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida o‘smirlar tatamiga chiqishgan va unda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Oltin medal sohiblari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Kadambayeva
+78 kg: Fotima Kuramboyeva
-66 kg: Abdulbosit Abdusalimov
-100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev
+100 kg: Shohruh Mamarasulov

Kumush medal sohiblari:
-73 kg: Jayhunbek Nazarov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Bronza medal sohiblari:
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
-70 kg: Mamlakat Sultonova
-78 kg: Shinar Ibrayeva
-66 kg: Shavkat Saitkulov
-90 kg: Dilshodjon Bahodirov

Text to speech