16 May 2021 2145

MOQ rahbariyati musobaqadan so‘ng yengil atletikachilarimiz bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqadan so‘ng MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov sportchilarimiz bilan uchrashishdi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bazasida o‘tgan suhbatda federatsiya raisi Andrey Abduvaliyev, uch hatlab sakrash ustasi Ruslan Kurbanov hamda uzunlikka sakrovchi Javohir Noriyev ishtirok etishdi.

Suhbat davomida MOQ rahbariyati Olimpiya o‘yinlari litsenziyalariga daʼvogarlik qilayotgan sportchilarimizning holati, kayfiyati, oilaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularning ijtimoiy sharoiti, maqsadlari haqida suhbatlashishdi.

Taʼkidlash joiz, har ikki atletimiz ham ancha yuqori bo‘lgan Tokio-2020 normativlarini hozircha bajarishgani yo‘q. Biroq unga juda yaqin kelishgani bois, ularning reyting orqali litsenzion hududga kirish ehtimoli baland. Mutasaddilar Olimpiada sikli yakunlanguncha qaysi musobaqalarda ishtirok etishlari, tayyorgarlik rejalari xususida batafsil gaplashishdi. Yakunda MOQ rahbariyati hukumatimiz tomonidan atletlarimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganlarini aytib, ularning kelgusi faoliyatida omad tilab qolishdi.

Text to speech