5 Avgust 2023 781

Ogʻir atletikachilarimiz kunni 100 foizlik natija bilan yakunlashdi

MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir oltin medalga ega chiqdi. Ayollar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jamila Panfilova shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Mahoratli sportchimiz dast koʻtarishda 86 kg, siltab koʻtarishda 104 kg, ikki kurash hisobida esa 190 kg natija koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Shu tariqa, kun davomida ishtirok etgan ikki nafar ogʻir atletikachimizning har ikkisi ham oltin medallarga egalik qilishdi.

Text to speech