FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Avgust 2023 1848

Mintaqadagi do‘stona aloqalar yana-da mustahkamlanmoqda

Belarus-2023 II MDH o‘yinlari davomida bugun delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida bir qator rasmiy uchrashuvlar tashkil etildi. Ularning doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etishmoqda.

Bugun Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Oleg Matitsin, Belarus Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Viktor Lukashenko, mamlakat Sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan mintaqada jismoniy tarbiya va sport, Olimpizm targ‘ibotini kuchaytirish kabi mavzularda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Viktor Lukashenko Toshkentga amalga oshirgan tashrifini iliq taassurotlar bilan yod olar ekan, Belarus va O‘zbekistonning sport sohasidagi aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi. Mutasaddilar MDH o‘yinlaridan tashqari yirik sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rishda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, ilm-fan sohasidagi yutuqlarni baham ko‘rish, Olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini targ‘ib etish kabi g‘oyalar haqida fikr almashishdi.

Dasturga muvofiq, delegatsiya rahbarlari ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda ham ishtirok etishib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Shuningdek, rasmiylar kun davomida bir qator sport turlaridagi bahslarni bevosita arenadan birgalikda tomosha qilishdi.

Text to speech