5 Avgust 2023 1845

Yosh ogʻir atletikachilarimiz qitʼada tengsiz!

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida eng ogʻir vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:
-109 kg, yoshlar: Qurbonmurod Namozov (3 ta)

Bronza medal:
+81 kg, oʻsmirlar: Lolaxon Abdurashidova (siltab koʻtarish va ikki kurash)
+109 kg, yoshlar: Amir Abdullayev (dast koʻtarish)

Quvonarlisi, musobaqa yakunida U-20 yosh toifasida ham yigitlar, ham qizlar terma jamoamiz ochkolar boʻyicha umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Yigitlarimiz medallar jamgʻarish yoʻnalishida ham 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan peshqadamlik qilishdi. Qizlarimiz esa 8 ta kumush hamda 9 ta bronza medallariga egalik qilishdi.

Oʻsmirlar toifasida ham yurtdoshlarimiz oʻz soʻzlarini ayta olishdi. Yigitlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻldilar. Qizlarimiz hisobida esa 4 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medal mavjud (4-oʻrin). Qayd etish joiz, har ikki jamoamiz ochkolar jamgʻarish boʻyicha ikkinchi natijani qayd etishdi.

Yoshlarimiz qoʻlga kiritgan jami medal: 9 ta oltin, 14 ta kumush va 13 ta bronza.
Oʻsmirlarimiz qoʻlga kiritgan jami medal: 14 ta oltin, 7 ta kumush va 16 ta bronza.
Umumiy hisobda: 23 ta oltin, 21 ta kumush va 29 ta bronza.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mazkur musobaqadagi ulkan natija bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, yosh sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida ham omad hamda zafarlar tilaydi.

Text to speech