16 May 2021 2300

Emlanayotgan sportchilarimiz nazoratda

Maʼlumki, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyamiz vakillari bosqichma bosqich koronavirusga qarshi emlanmoqda. Tartibga ko‘ra, emlangan har bir inson maʼlum muddat shifokorlar nazoratida bo‘lishi lozim. MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari emlangan sportchilarimizning salomatligini nazorat qilib borishmoqda.

Markaz vakillaridan iborat ishchi guruh dzyudo va gimnastika federatsiyalariga tashrif buyurishdi. Unda emlangan atletlarimizning salomatligi, organizmidagi o‘zgarishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, federatsiya bazalaridagi epidemiologik holat ham o‘rganilib, federatsiya shifokorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamiz qizlari Rossiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan paytlarida emlanishgan edi. Shifokorlar qizlarimizning Bokuda o‘tgan Jahon kubogidan keyingi holati, shuningdek, koronavirusga qarshi emlanadigan federatsiyaning boshqa vakillarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Text to speech