FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Avgust 2023 1836

Chendu-2021: Taekvondo WT va ushu dasturlarida uchta medal

Xitoy mezbonlik qilayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Taekvondo WT bahslarida ikki karra jahon chempionati sovrindori Feruza Sodiqova kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sodiqova -62 kg vazn finalida tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, musobaqada yarim finalga yetib borgan Najmiddin Qosimhojiyev (-74 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Qolaversa, ushuning jangovar yoʻnalishida -80 kg vazn toifasida yarim final bosqichiga qadar yetib kelgan Azizbek Isroilov ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasining hozirgacha jamgʻargan medallari 7 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.

Text to speech