2 Avgust 2023
906
-81 kg vazn toifasida oʻzbek polvonlari tengsiz
Hindistonda ogʻir atletika boʻyicha qitʼamizning eng kuchli yosh polvonlari aniqlanmoqda. Bugun kunning birinchi qismidayoq sportchilarimizning gʻalabasi sharafiga ikki bor davlatimiz madhiyasi yangradi. Har ikki chempionlik -81 kg vazn toifasida qoʻlga kiritildi.
Oʻsmirlar oʻrtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Diyorbek Ermatov dast koʻtarishda 145 kg, siltab koʻtarishda 177 kg va ikki kurashda 319 kg bilan mutlaq chempionlikka erishdi. Yoshlar toifasidagi musobaqada Nursulton Esbergenov dast koʻtarishda 154 kg bilan oltin, siltab koʻtarishda 178 kg bilan kumush medalga ega chiqdi. Umumiy hisobdagi 332 kg esa unga yana bir oltin medalni taqdim qildi.