FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Avgust 2023 1843

Ogʻir atletikachilarimizdan navbatdagi medallar shodasi

Hindistonda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida -73 kg vazn toifasining bahslari hamyurtlarimizning benefisiga aylandi. Boisi ushbu dasturdagi chiqishlari bilan ham oʻsmirlar, ham yoshlar toifasida qatnashgan polvonlarimiz 9 ta medalga sazovor boʻlishdi.

Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan bellashuvda Hikmatillo Haydarov dast koʻtarishda 127 kg, siltab koʻtarishda 160 kg va ikki kurashda 287 natija koʻrsatib, mutlaq chempionlikni tantana qildi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda ishtirok etgan Isroilbek Ismoilov umumiy hisobda 264 (116+148) kg bilan bilan 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Yoshlar toifasida qatnashgan Abdulaziz Alimjonov esa ikki kurash boʻyicha 293 (133+160) kg bilan barcha yoʻnalishlarda kumush medallarga sazovor boʻldi.

Text to speech