1 Avgust 2023 991

Yosh beshkurashchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Turkiyaning Istanbul shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati poyoniga yetdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari katta tajriba to‘plashdi.

Musobaqada Samira Abzalova hamda Doniyor Rahimovning mikst dasturidagi ishtirokiga alohida to‘xtalish mumkin. Qolgan juftliklarga qaraganda ancha yosh hisoblangan ushbu tandem yakunda 12-natijani qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Misrning Iskandariya shahrida o‘smirlar o‘rtasida kechgan dunyo birinchiligida Abzalova saralashdagi to‘rtinchi natijasi bilan finalchilar qatoridan joy olgan edi. Mazkur jahon chempionati yosh atletlarimiz uchun debyut bo‘ldi. Unda orttirilgan katta tajriba oldinda kutib turgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va boshqa yirik musobaqalarda as qotadi.

Text to speech