FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Iyul 2023 1840

Abdurahmon Abdullayev Chexiyadagi turnirda kumush medalni qoʻlga kiritdi

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan Praga Cup 2023 musobaqasida ishtirok etdi. Jamoaviy yoʻnalishda Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmalari oʻynalgan mazkur turnirda Abdurahmon Abdullayev sovrindorlar qatorida joy oldi.

Yurtdoshimiz balandligi 150 smni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash dasturida ikkinchi natijani qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Bellashuv davomida Abdullayevga “Go Four It B” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Musobaqaning asosiy yoʻnalishida terma jamoalar 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida Parij-2024 yoʻllanmalari uchun bahs olib bordilar. Unda yurtdoshlarimiz toʻqqizinchi natijani qayd etishdi. Olimpiada litsenziyalari esa Isroil hamda Polsha jamoalariga nasib etdi.

Text to speech