31 Iyul 2023 1049

Yosh dzyudochilarimiz Osiyo ochiq kubogini birinchi oʻrinda yakunlashdi

Poytaxtimizda 4 kun davom etgan dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida ogʻir vazn toifasidagi yosh sportchilar oʻrtasida bahslar oʻtkazildi. Quvonarlisi, aksariyat vazn toifalaridagi bellashuvlar oʻzbekistonlik dzyudochilarning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻsmirlar toifasida yurtdoshlarimiz 12 ta oltin, 11 ta kumush va 20 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilishgan boʻlsa, yoshlar oʻrtasidagi bahslarda 11 ta oltin, 12 ta kumush va 18 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Musobaqaning soʻnggi kunida gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilar roʻyxati bilan tanishing:

Oʻgʻil bolalar: -81 kg:

1. Axror Ziyodullayev (Oʻzbekiston)

2. Erjan Kanatbekov (Qirgʻiziston)

3. Shahzodxoʻja Sharipov (Oʻzbekiston)

3. Sayfiddin Sayfiddinzoda (Tojikiston)

- 90 kg:

1. Alisher Samanov (Oʻzbekiston)

2. Samir Nazirboyev (Oʻzbekiston)

3. Zufarbek Uralov (Oʻzbekiston)

3. Umedjon Rajabov (Tojikiston)

- 100 kg:

1. Rustam Shorahmatov (Oʻzbekiston)

2. Noʻmonjon Rajabov (Oʻzbekiston)

3. Mirjalol Normoʻminov (Oʻzbekiston)

3. Habibullo Ashurov (Tojikiston)

+ 100 kg:

1.Mahmudjon Maxsudov (Oʻzbekiston)

2. Javohir Murodullayev (Oʻzbekiston)

3. Abdulloh Xudoyorov (Oʻzbekiston)

3. Emirxan Joldoshkaziyev (Qirgʻiziston)

Qizlar, - 70 kg:

1. Xurshida Razzoqberdiyeva (Oʻzbekiston)

2. Guliraʼno Suvonqulova (Oʻzbekiston)

3. Gulina Obloqulova (Oʻzbekiston)

3. Tuygul Hamroyeva (Oʻzbekiston)

- 78 kg:

1. Shirinjon Yuldoshova (Oʻzbekiston)

2. Feruza Xoʻrozova (Oʻzbekiston)

3. Shahlo Egamberganova (Oʻzbekiston)

3. Shinar Ibrayeva (Oʻzbekiston)

+ 78 kg:

1. Mohlaroyim Toʻxtamishova (Oʻzbekiston)

2. Durdona Nizomaddinova (Oʻzbekiston)

3. Mohinur Parmonova (Oʻzbekiston)

3. Ruslana Maxatova (Qozogʻiston)

Text to speech