31 Iyul 2023 660

Mustaqil Oʻzbekistonga yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk medalni taqdim qilgan Armen Bagdasarovni tabriklaymiz!

Bugun mustaqil Oʻzbekistonning yozgi Olimpiadalardagi birinchi sovrindori, dzyudo ustasi Armen Bagdasarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Armen Yurevich Bagdasarov 1972-yil 31-iyul kuni Toshkentda tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Atlanta-1996 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi. Eʼtiborlisi, aynan ushbu medal mustaqil Oʻzbekistonning yozgi Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritgan ilk yutugʻi hisoblanadi. Armen Yurevich koʻp yillar davomida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyatida samarali mehnat qilgan. Hozirda Xalqaro dzyudo federatsiyasida Hakamlar hayʼati direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari hamda “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Armen Yurevichni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech