FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Iyul 2023 2156

Og’ir atletikachilarimizdan oltita medal

Hindistonda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

-55 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar bahsida ishtirok etgan Ziyoda Xudoyqulova dast ko‘tarish mashqida 78 kg bilan oltin, siltab ko‘tarishda 88 kg hamda ikki kurash bo‘yicha 166 kg bilan bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ushbu vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi musobaqada Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 80 kg, siltab ko‘tarishda 101 kg va umumiy hisobda 181 kg natija ko‘rsatib, uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Text to speech