30 Iyul 2023 582

Olga Zabelinskaya Polshada sovrindor bo’ldi

Polshada velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “PRINCESS ANNA VASA TOUR” koʻpkunlik poygalari yakunlandi. Uch kun davom etgan musobaqada Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Olga Zabenlinskaya muvaffaqiyatli qatnashdi.

Hamyurtimiz bugun yakuniga yetgan uchinchi bosqichda ikkinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Ortda qolgan barcha bosqich yakunida esa kuchli uchlikdan joy oldi. Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Olimpiada reytingi uchun qimmatli ochkolarni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Text to speech