15 May 2021 1685

Jizzaxda veloshosse bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Jizzax viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2005-2006 yilda tug‘ilgan o‘smirlar, qizlar, 2007-2008 yilda tug‘ilgan kichik yoshdagi o‘smirlar, qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Turnirning so‘ngi bosqichida sportchilar guruh poygada bahs olib borishdi. 80 km masofaga kechgan bellashuvda Diyor Tohirov 2005-2006 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. 2007-2008 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘smirlar o‘rtasida esa Muhriddin Safarov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqada quyidagi sportchilar o‘z yo‘nalishida g‘alabani qo‘lga kiritishdi:

2005-2006 yillar:

Guruh poygasi, yigitlar (80 km): Diyor Tohirov

Guruh poygasi, qizlar (35 km): Asal Rizayeva

2007-2008 yillar:

Guruh poygasi, yigitlar (45 km): Muhriddin Safarov

Guruh poygasi, qizlar (15 km): Samira Ismoilova

Text to speech