30 Iyul 2023 1404

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov 75 yoshda!

Uzoq yillardan beri oʻzbek sporti rivoji uchun xizmat qilib kelayotgan taniqli arbob, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov bugun 75 yoshni qarshi olmoqda.

Bahodir Maxsitovich Maxsitov 1948-yil 30-iyul kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1976-yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Bahodir Maxsitovich faoliyati davomida dastlab sud-huquq tizimida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari va boshqa bir necha lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 1994-1995-yillar Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimi, 1995-2002-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. 2002-2003-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishladi. 2020-yil dekabrdan Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida yurtimiz sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. U kishining uzoq yillik mehnati davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bahodir Maxsitovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech