29 Iyul 2023 1065

Chendu-2021: Oʻzbekiston delegatsiyasi birinchi kundayoq dastlabki medalini qoʻlga kiritdi

Xitoyning Chendu shahrida XXXI butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari start oldi. 119 mamlakatdan 5100 nafardan ziyod talaba sportchilar ishtirok etayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashishi haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz boʻlajak bahslarda 7 sport turida medallar uchun kurash olib borishadi.

Chendu shahridagi Atletlar shaharchasida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tashkil etilgan shtabda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamyurtlarimiz bilan uchrashdi. Shahrullo Sharipovich suhbat davomida murabbiy va delegatsiya rasmiylaridan sportchilarimizning tayyorgarligi, shaharchada yaratilgan sharoit va qulayliklar haqida gaplashdi.

Sportchilarimiz bugundan bellashuvlarga kirishishdi. Eʼtiborlisi, dzyudo bellashuvlarida -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalini qoʻlga kiritib, ushbu Universiadada delegatsiyamizning dastlabki medaliga mualliflik qildi. Afsuski, Abdurahim Nutfilloyev (-66 kg) va Gulhayo Joʻrayeva (-52 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Shuningdek, kun davomida ushuchilarimizdan Darya Latisheva nandao dasturida yettinchi natijani qayd etgan boʻlsa, Aziz Qahramonov changkuan yoʻnalishida oʻn ikkinchi natijani koʻrsatdi. Tennischilarimiz Nasiba Espolova avstraliyalik Aleksandra Veyrni 6:4, 6:3, Omina Valixonova esa zambiyalik Kuin Sakalani 6:1, 6:0 hisoblarida magʻlub etib, birinchi davrani muvaffaqiyatli yakunlashdi.

Text to speech