28 Iyul 2023 1367

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi Botir Zokirov 60 yoshda!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisi Botir Zokirov yubiley 60 yoshni qarshi olmoqda.

Botir Erkinovich Zokirov 1963-yilning ayni kunida dunyoga kelgan. Toshkent politexnika institutini tamomlagach, uzoq yillardan beri turli lavozimlarda nafaqat arxitektura va qurilish, balki sport yo‘nalishida mamlakatimizning yuksalishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 2012 yildan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi, 2019-yildan Qurilish vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qayd etish joiz, mamlakatimizda so‘nggi davrda barpo etilayotgan ulkan sport inshootlarining qurilishida ushbu insonning saʼy-harakatlarini ko‘rish mumkin. Qolaversa, so‘nggi davr og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamizdan jahon va Olimpiada chempionlari, rekordchilarining yetishib chiqishida Botir Erkinovichning ham xizmatlari katta.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Botir Zokirovni bugungi tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech