Osiyo ochiq kubogining birinchi kuni dzyudochilarimizning gʻalabalariga boy boʻldi
Toshkentda start olgan dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogining ilk kuni qiziqarli kurashlar ostida kechdi. Unda oʻsmirlar oʻrtasida yengil vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Quvonarlisi, unda yosh dzyudochilarimiz deyarli barcha vazn toifalarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Bugun oʻsmirlar oʻrtasida oʻrta va yuqori vazn toifalaridagi bellashuvlar oʻtkaziladi. Birinchi kunning gʻolib va sovrindorlari roʻyxati:
-50 kg:
1. Abdulazizxon Sharofiddinov (Oʻzbekiston);
2. Shaxriyor Niyozov (Oʻzbekiston);
3. Miras Kuanyshkaliyev (Qozogʻiston);
3. Seitjan Mametov (Qozogʻiston).
-55 kg:
1. Muhammadjon Masharipov (Oʻzbekiston);
2. Arslonbek Yusupboyev (Oʻzbekiston);
3. Dilshod Karimov (Oʻzbekiston);
3. Loiq Kudbudinov (Tojikiston).
-60 kg:
1. Oybek Rajabov (Oʻzbekiston);
2. Izzatbek Roʻzimatov (Oʻzbekiston);
3. Oybek Ahmedov (Oʻzbekiston);
3. Javohirbek Yusupov (Oʻzbekiston).
-66 kg:
1. Muhamedali Zakirov (Qozogʻiston);
2. Muhriddin Maʼrufov (Oʻzbekiston);
3. Yessen Mungal (Qozogʻiston);
3. Muhammadin Loiqov (Tojikiston).
Qizlar, -40 kg:
1. Sarvinoz Abdusamadova (Oʻzbekiston);
2. Gulasal Uvraimova (Oʻzbekiston);
3. Mubinabonu Valijnova (Oʻzbekiston);
3. Dilnoza Hamitova (Oʻzbekiston).
-44 kg:
1. Laziza Haydarova (Oʻzbekiston);
2. Maxfira Roʻziboyeva (Oʻzbekiston);
3. Oguljahan Xudoynazarova (Turkmaniston);
3. Ramiliyaxon Fayzullayeva (Oʻzbekiston).
-48 kg:
1. Sabina Azamatova (Oʻzbekiston);
2. Gulshan Qurbondurdiyeva (Oʻzbekiston);
3. Marjona Otaqulova (Oʻzbekiston);
3. Madina Qurbonzoda (Tojikiston).
-52 kg:
1. Rayhona Mamatova (Oʻzbekiston);
2. Aziza Davronova (Oʻzbekiston);
3. Aidai Kakitayeva (Qirgʻiziston);
3. Irodaxon Komilova (Oʻzbekiston).