FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Iyul 2023 1755

Bekzod Qurbonov Chexiyada sovrindor bo‘ldi

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chexiyada start olgan CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Ahamiyatlisi, hamyurtlarimiz ilk kunning oʻzidayoq shohsupaga koʻtarilishdi.

140 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz belgilangan toʻsiqlardan oshib oʻtish uchun 68.18 soniya sarfladi. Bellashuv davomida sportchimizga “Santos Hippica” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

CSOI 4* Gold Tour, 140 sm:
1. Linda Portichova (Chexiya, “Lara” laqabli tulporda)
2. Gabor Szabo (Vengriya, “H-Secret By Boris”)
3. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Santos Hippica”)

Text to speech