15 May 2021 2366

“Ular Tokioga borishadi”: Eʼtiborimiz markazida Svetlana Radzivil

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan qahramonlarimizni birma-bir tanishtirishda davom etamiz. Bugun Sizlar bilan yengil atletika bo‘yicha terma jamoamizning eng sovrindor sportchisi Svetlana Radzivilning faoliyati bilan yaqindan tanishamiz:

Svetlana Mixaylovna Radzivil 1987-yil 17 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001-yildan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi.

13 yoshidan Vladimir Burmatov qo‘l ostida yengil atletika bilan shug‘ullanishni boshlagan.

Yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni. 3 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi (2010, 2014, 2018), Osiyo chempioni (2015). Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 1.96 metr natija bilan musobaqa rekordini yangilagan.

Shaxsiy rekordi: 1.98 metr (2008 yil, Toshkent).

Avvalgi Olimpiadalardagi ishtiroki: Pekin-2008 (18-o‘rin, 1.89 metr), London-2012 (7-o‘rin, 1.97 metr), Rio-2016 (13-o‘rin, 1.88 metr).

2019(yilning 13 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq chempionatida 1.96 (Tokio Olimpiadasi normativi) metr balandlikni zabt etib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Davlat mukofotlari:

2007-yil: “Shuhrat” medali

2013-yil: “Do‘stlik” ordeni

2019-yil: O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi

Text to speech