FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Iyul 2023 1916

“Alpomishda” polvonlar kurashi boshlanmoqda

Bugundan poytaxtimizdagi “Alpomish” sport saroyida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi start oladi. 30-iyulga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan 600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etadi.

Reglamentga muvofiq, bugun oʻsmirlar oʻrtasida yengil vazn toifalaridagi bellashuvlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Uchqun Murodov xotirasiga bagʻishlab oʻtkaziladigan mazkur anʼanaviy turnir joriy yil Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtadigan oʻsmirlar, Portugaliyaning Odalvesh shahri mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oldidan iqtidorli yoshlarni saralab olish imkonini taqdim qiladi.

Text to speech