FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Iyul 2023 1878

MOQning olti oylik faoliyatiga OAV xodimlari bilan nazar tashlandi

Bugun Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 2-yarim yillik rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov mavzu yuzasidan OAV xodimlariga atroflicha maʼlumot berdi.

Oybek Omilovich Yoshlar siyosati va sport vazirligi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan Xanchjou-2022 Osiyo hamda Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari va boshqa kompleks musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik, soʻnggi olti oyda nufuzli xalqaro musobaqalarda atletlarimiz qayd etgan natijalar, terma jamoalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, xalqaro tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyilayotgan doʻstona aloqalar haqida toʻxtaldi. Shundan soʻng jurnalistlar mavzu yuzasidan spikerga oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Mazkur matbuot anjumani “UzReportTV” telekanalida jonli efirga uzatildi. Uning toʻliq qismini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Text to speech