26 Iyul 2023 922

Dzyudochilarimiz “Masters”ga Toshkentda tayyorlanishmoqda

Niderlandiyadagi yig‘in yakuniga yetgach dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Federatsiya bazasida tashkil etilayotgan yig‘in iyul oyining oxirigacha davom etadi.

Ushbu yig‘in 4-6-avgust kunlari Vengriyada o‘tadigan “Masters” turniriga so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar davomida maxsus texnik harakatlar va kombinasiyalarga e’tibor qaratmoqda. Terma jamoa 1 avgust kuni Budapeshtga yo‘l oladi.

Text to speech