15 May 2021 1832

Shveytsariyada akademik eshkak eshish bo‘yicha so‘nggi litsenzion turnir start oldi

Shveytsariyaning Lyutsern shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi musobaqa boshlandi. Jahon miqyosida o‘tkaziladigan mazkur bosqichda terma jamoamiz vakillari ham bahs olib borishadi.

Reglamentga ko‘ra, bugun va ertaga saralash, yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. 17 may kuni o‘tadigan final bellashuvlarida Tokio-2020 Olimpiadasining so‘nggi ishtirokchilari nomini bilib olamiz. Musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkib bilan ishtirok etmoqda:

MX2 (og‘ir vazn):
Abdullo Muhammadiyev
Anis Odinayev

M4:
Alisher Turdiyev
Sardor To‘lqinxo‘jayev
Shuhrat Shodiyev
Shohjahon Najimev

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi musobaqada ishtirok etadigan hamyurtlarimizga omad tilaydi.

Text to speech