FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Iyul 2023 2608

Tibbiyot markazi zamonaviy qiyofa ochmoqda

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) faoliyatini yanada takomillashtirish, uning imkoniyatlarini oshirish boʻyicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov hamda Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov u yerda olib borilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

Mutasaddilarga markaz direktori Kamol Sirojitdinov hamrohlik qilib, soʻnggi davrda amalga oshirilgan yangiliklar bilan tanishtirdi. Maʼlumki, markaz sportchilarimizdan tashqari hamyurtlarimizga ham tibbiy xizmat koʻrsatadi. RSTIAMda shifokorlar koʻrigida statsionar davolash imkoniyati ham mavjud boʻlib, bugun ushbu boʻlim toʻliq rekonstruksiya qilindi va zamonaviy qiyofa ochdi.

Markazning Nurli tashxis boʻlimi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Mijozlarning katta qismi aynan ushbu boʻlim xizmatlaridan foydalanadi. K.Sirojitdinov endilikda mazkur yoʻnalishdagi imkoniyatlar yanada oshgani, rentgen, MRT, MSKT uskunalari ancha takomillashganini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, alohida fizioterapiya boʻlimi tashkil etilayotgani haqida maʼlumot berdi. Tanishuv davomida qayta qurilayotgan reabilitatsiya va massaj xonalari, laboratoriya boʻlimi ham koʻzdan kechirildi. RSTIAM direktori yaqin vaqt ichida jarrohlik boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilganiga urgʻu berdi. Oʻrganish ishlari davomida markaz imkoniyatlaridan unumli foydalanish, mijozlarga barcha sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi.

Text to speech