15 May 2021 2871

Poytaxtimizda o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati yakunlandi

Toshkentda pnevmatik va kichik kalibrli qurollardan o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Bir necha kun davom etgan musobaqada yurtimizning sara merganlari o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi raisi Oybek Norinboyev so‘z olib, barcha g‘olib va sovrindorlarni qutlab o‘tdi. Mazkur chempionat murabbiylar shtabi uchun yirik turnirlar oldidan terma jamoa tarkibini shakllantirib olishda xizmat qildi. Musobaqada quyidagi sportchilar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Pnevmatik to‘pponcha (yigitlar)
1. Muhammad Kamalov (Namangan)

Pnevmatik to‘pponcha (qizlar)
1. Alina Tarasova (Namangan)

Kichik kalibrli miltiq (mikst)
1. Aleksandra Davidova (Toshkent), Dilmurod Nazarov (Namangan)

Pnevmatik miltiq (mikst)
1. Nikita Sokolov, Dilafro‘z Qobiljonova (Toshkent viloyati)

Kichik kalibrli to‘pponcha
1. Umid Kamolbekov (Toshkent),

Pnevmatik miltiq
1. Dilmurod Nazarov (Namangan)

Kichik kalibrli miltiq
1. Dilso‘z Rizayeva (Toshkent)

Kichik kalibrli to‘pponcha (qizlar)
1. Sitora Ergashboyeva (Toshkent)

Pnevmatik to‘pponcha (mikst)
1. Alina Tarasova (Namangan), Muhammad Kamalov (Namangan)

Text to speech