22 Iyul 2023 3332

Dzyudochilarimizning Olimpiada yoʻlida eng yirik ochko taqdim qiladigan musobaqada qatnashadigan tarkibi maʼlum

4-6-avgust kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi unda ishtirok etadigan sportchilarimiz roʻyxatini eʼlon qildi.

Qayd etish joiz, ushbu turnir Parij-2024 sikli davomida eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan musobaqa hisoblanadi (hatto jahon chempionatinikidan ham koʻp). “Masters” seriyasiga kiruvchi turnir yilda 1 marotaba oʻtkazilib, unda har bir vazn toifasida kuchli 36 talikka kira olgan sportchilargina ishtirok eta oladi. Budapeshtda oʻz vaznlarida gʻalaba qozongan sportchilar jahon va Olimpiada reytingi uchun 1800 ochkoga ega boʻlishadi.

Tarkibimizda Davlat Bobonov, Muzaffarbek Toʻraboyev kabi jahon chempionlari, Diyora Keldiyorova, Dilshod Baratov, Alisher Yusupovdek JCH sovrindorlari va boshqa sportchilarimiz nomini uchratish mumkin. Toʻliq tarkib esa quyidagicha:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-90 kg: Davlat Bobonov
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
-100 kg: Otabek Toʻraboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech